Ta’kidlanişiça, uşbu tadbir demografik jarayonlar, mehnat resurslari, ijtimoiy infratuzilma va hududiy rivojlanişni ilmiy asosda rejalaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Röyxatga oliş jarayonlari xalqaro standartlar asosida, zamonaviy raqamli yeçimlardan foydalangan holda amalga oşirilmoqda.

Röyxatga oliş joriy yilning 15 yanvaridan 28 fevraligaça ikki bosqiçda ötkaziladi. 15-31 yanvar kunlari davom etadigan birinçi bosqiçda fuqarolar maxsus axborot tizimi orqali onlayn röyxatdan ötişlari mumkin. Ikkinçi bosqiçda esa 4-28 fevral kunlari “mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan uyma-uy yurib, savolnomalar planşet qurilmalari orqali töldiriladi.

Aholini röyxatga oliş jarayonlari census.stat.uz portalida amalga oşirilib, OneID tizimi orqali identifikatsiya qilinişi belgilangan. Barça ma’lumotlar geoaxborot tizimi asosida monitoring qilinmoqda. Şu maqsadda respublika böyiça 7,6 milliondan ortiq xonadon va turar joylarning geomanzillari şakllantirildi, jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatib boriş imkonini beruvçi maxsus monitoring daşbordlari işlab çiqildi.

Ta’kidlanişiça, fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan barça ma’lumotlar qonunçilik talablariga muvofiq himoya qilinadi, şaxsiy ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda qöllaniladi.

Röyxatga oliş tadbirlarini yuqori saviyada ötkaziş uçun 14 ta hududiy va 208 ta tuman va şahar ştablari taşkil etildi. 60 ming nafarga yaqin röyxatga oluvçi xodimlar tayyorlandi. Jumladan, 54 ming nafar “mahalla yettiligi” vakillari, 2,6 ming zaxira xodimlar hamda 4 ming nafar hududiy ştab a’zolari jarayonga jalb etildi. Şuningdek, vazirlik va idoralardan 480 nafar trener, oliy ta’lim muassasalaridan 3200 nafar volontyor öquvdan ötkazildi.

Aholini xabardor qiliş va tarğibot işlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 110 ta tarğibot videoroligi, 600 ta televizion lavha tayyorlandi, ijtimoiy tarmoqda 6,3 mingta, aholi gavjum joylar va jamoat transportlarida 23 mingdan ziyod axborot materiallari joylaştirildi.

Qayd etilganidek, bugungi kunga qadar maxsus portal orqali 2,48 million xonadon hamda 31 mingta fermer xöjaliklari va qişloq xöjaligi korxonalari röyxatga olindi.

Davlat rahbari aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirlarini sifatli ötkaziş, ma’lumotlarning işonçliligini ta’minlaş va ulardan qaror qabul qiliş jarayonlarida keng foydalaniş muhimligini ta’kidladi.