Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun Shveytsariyaga jo‘nab ketdi
Tashabbus AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan va G‘azoda uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni shakllantirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan davlatlarni birlashtirishga qaratilgan yangi xalqaro tuzilma – Tinchlik kengashini tuzishdan iborat.
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 21 yanvar kuni Davos shahrida Amerika yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveytsariyaga jo‘nab ketdi.
Avvalroq davlat rahbari kengashga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.
Tashabbusning asosiy maqsadi G‘azoda uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni shakllantirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan davlatlarni birlashtirishga qaratilgan yangi xalqaro tuzilma – Tinchlik kengashini tuzishdan iborat.
Mirziyoyev AQSh prezidentiga yo‘llagan maktubida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik mojarolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanayotganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
17:09 / 25.06.2026
«Zelenskiyning ishlari chakki emas. U jasur odam» – Tramp
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
13:28 / 22.06.2026