Moskvadagi harbiy sud Rossiya Qurolli kuçlarining radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoya qöşinlari boşliği general-leytenant Igor Kirillovning ölimiga sabab bölgan teraktda ayblangan Ahmadjon Qurbonovni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.
Qurbonov jazoning dastlabki 10 yilini qamoqda, qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyada ötaşi kerak. Şuningdek, unga bir million rubl miqdorida jarima solingan. Tergov versiyasiga köra, Qurbonov - terakt ijroçisi.
Sud iş böyiça yana uç nafar şaxsga nisbatan hukm çiqardi. Botuxon Toçiyev 22 yilga, Ramazon Padiyev va Robert Safaryan mos ravişda 18 va 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Qayd etilişiça, Qurbonov jinoyatdagi aybini töliq tan olgan va qilgan işidan puşaymon bölgan. Safaryan aybini qisman tan oldi. Padiyev va Toçiyev aybni tan olmadi.
Igor Kirillov va uning yordamçisi Ilya Polikarpov 2024 yil 17 dekabr kuni ertalab general yaşagan Ryazan prospektidagi uy yonida turgan elektrosamokatga qöyilgan bomba portlaşi oqibatida halok böldi. Qurbonov portlaşdan bir neça soat ötib qölga olindi. Unga terakt va noqonuniy qurol savdosi moddalari böyiça ayblov e’lon qilinib, tergov izolyatoriga jönatildi.
Rossiya huquq-tartibot idoralari versiyasiga köra, söroq paytida Qurbonov uni Ukraina maxsus xizmatlari yollaganini, jinoyat uçun unga 100 ming dollar va Yevropa davlatlaridan biriga borişni va’da qilişganini aytgan. Toçiyev va Padiyev, tergovning ta’kidlaşiça, Qurbonov uçun Moskva viloyatidagi xosteldan xona ijaraga olgan. Qurbonov terakt sodir etganidan keyin u yerda yaşirinişi kerak edi.

















