Milliy statistika qömitasi 2025 yil yakunlari böyiça mamlakatda işlab çiqarilgan yengil avtomobillar töğrisidagi dastlabki statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga köra, yil davomida respublikada turli rusumdagi 457 883 dona yengil avtomobil işlab çiqarilgan.
Qayd etilişiça, uşbu körsatkiç 2024 yilga nisbatan 28,7 ming donaga yuqori bölib, avtosanoatda barqaror ösiş kuzatilayotganini körsatadi.
Işlab çiqarilgan avtomobillar rusumlar kesimida quyidagiça taqsimlangan:
- Cobalt — 161 152 dona;
- Damas — 93 681 dona;
- Tracker — 50 362 dona;
- Onix — 33 122 dona;
- KIA — 26 317 dona;
- BYD — 20 200 dona;
- Chery — 9 354 dona;
- Haval — 9 344 dona;
- Tank 500 — 50 dona;
- maxsus yengil avtomobillar — 54 301 dona.
Ma’lumotlardan körinib turibdiki, işlab çiqariş hajmi böyiça Cobalt (161 mingdan ortiq) va Damas (93 mingdan ziyod) yetakçi örinlarni saqlab qolmoqda. Şu bilan birga, Tracker, Onix, KIA va BYD kabi zamonaviy modellar uluşi ham izçil ortib bormoqda.
Işlab çiqariş hajmining ösişi içki bozorda talab saqlanayotgani, şuningdek, mahalliy avtosanoat quvvatlarining bosqiçma-bosqiç kengayib borayotgani bilan izohlanadi.

















