AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif etilgan Tinçlik kengaşiga hozirgaça 19 mamlakat rasman qöşildi. Şundan 12 tasi aholisining asosiy qismini musulmonlar taşkil qiluvçi mamlakatlardir. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovning fikriça, bu – ular uşbu kengaşga Yaqin Şarqda qariyb 80 yildan buyon davom etayotgan mojaro barham topişiga yeçim sifatida qaraşayotgani, Isroilning Falastin va boşqa hududlarga tajovuzkorligini tiyib turiş uçun musulmon dunyosi pozitsiyasini Trampga yetkazişni, kengaş tarkibida bölgan holda Isroilga ta’sir qilişni istaşayotgani bilan boğliq.
Şvetsariyaning Davos şaharçasida har yilgi Xalqaro forum bölib ötmoqda. Biroq bu safargi forumning eng asosiy intrigasi – AQŞ prezidenti Trampning iştiroki va uning nutqi böldi. Sababi Tramp öz nutqida Grenlandiya, Rossiya-Ukraina uruşi, Yaqin Şarqdagi vaziyat va boşqa global masalalar haqida gapirişi kutilayotgan edi. Tramp Davos forumidan keyin, özining asosiy maqsadiga ötdi: «Tinçlik kengaşi»ni rasmiy imzolaş marosimini boşladi.
Aytiş kerakki, bu «Tinçlik kengaşi» Nizomini imzolaş marosimi oldindan, misol uçun, haftalar yoki oylar oldin e’lon qilinmagan edi. Unga taklif qilingan davlatlar ham taklifni bir neça kun oldin olişgani ma’lum böldi.
«Tinçlik kengaşi» – ötgan 2025 yilda Ğazo sektorida tinçlik örnatiş va Ğazoni tiklaşga qaratilgan loyiha edi. Şuning uçun «Tinçlik kengaşini», «lokal va vaqtinçalik loyiha sifatida» BMT ham qöllab-quvvatlagan edi.
Biroq keyingi oylarda uşbu «Tinçlik kengaşi»ning Nizomi Tramp tarafidan yaşirinça işlangan va OAVga sizdirilgan ma’lumotlarga köra, bu Kengaş nafaqat Yaqin Şarqda, Ğazoda, balki butun dunyoda muddatsiz faoliyat olib boriş niyatida. Boşqaça qilib aytganda, «Tinçlik kengaşi» de-fakto BMTni örnini egallamoqçi, BMTni ma’lum darajada çetga surib qöyiş niyatida.
«Tinçlik kengaşi – butun dunyoda tinçlik va barqarorlikni saqlaşga intiluvçi, işonçli va qonuniy boşqaruvni tiklaşga hamda ziddiyatlar, töqnaşuvlarga yuz tutgan mintaqalarda mustahkam tinçlikni örnatişga harakat qiluvçi halqaro taşkilot böladi», deyiladi.
«Tinçlik kengaşi»ning doimiy raisi – Trampning özi böladi. Tramp, bir vaqtning özida Kengaş raisi hamda AQŞning kengaşdagi asosiy vakili hisoblanadi. Ma’lum böladiki, Trampning prezidentlik muddati tugaganidan keyin ham, u Kengaş raisi sifatida öz faoliyatini davom ettiriş niyatida. Kengaşning ikkita instituti bölişi aytiladi. Ijroiya Kengaşida, Trampning imzosi bilan, hozirça tört şaxs tasdiqlangani ma’lum, bular: Marko Rubio (AQŞ davlat kotibi), Stiv Uitkoff (AQŞ prezidentining Yaqin Şarq böyiça doimiy vakili), Jared Kuşner (Trampning kuyovi) va Toni Bleyr (Angliyaning sobiq boş vaziri).

















