2026/2027 öquv yilidan boşlab texnikumlarda dual ta’limda tahsil olayotgan öquvçilarga stipendiya tölaş amaliyoti yölga qöyiladi.

Bunda har bir öquvçiga fanlarni özlaştirişidan qat’i nazar bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari miqdorida, fanlarni özlaştiriş körsatkiçlari 85 foizdan yuqori hamda kasblar böyiça respublika va xorijiy tanlovlar ğolibi bölgan öquvçilarga bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravari miqdorida stipendiya tölanişi közda tutilmoqda.

Şuningdek, texnikumlarda xalqaro ta’lim asosida kadrlar tayyorlaş kengaytiriladi.

Xususan, Özbekiston – Xitoy ustaxonalari taşkil etiladigan texnikumlar röyxatini şakllantiriladi hamda belgilangan texnikumlarda Xitoy tomoni bilan ustaxonalarni taşkil etiş böyiça muzokaralar ötkaziladi. Muzokaralar natijalariga köra Özbekistondagi 20 ta texnikumda Özbekiston–Xitoy ustaxonalari taşkil etiladi.

Şuningdek, Germaniya, Şveytsariya, Xitoy, Koreya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning xalqaro ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar röyxati şakllantiriladi.

Xalqaro ta’lim dasturlari asosida 8 ming nafar öquvçini qamrab oliş rejalaştirilgan.