Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, kunduzgi soatlarda mazkur viloyatlarning ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha yetishi mumkin. Bunday sharoitda chang-to‘zon ko‘tarilishi, ko‘rish masofasining qisqarishi va ayrim yengil konstruksiyali inshootlarga zarar yetishi ehtimoli mavjud.

Mutaxassislar aholiga quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya etmoqda:

  • ochiq maydonlarda ehtiyotkor bo‘lish;
  • daraxtlar, reklama bannerlari va yengil temir-beton konstruksiyalar yaqinida to‘xtab turmaslik;
  • avtotransport vositalarini imkon qadar yopiq joylarda saqlash;
  • elektr uzatish tarmoqlari va simlar yaqinida xavfsizlik qoidalariga amal qilish.

Shuningdek, shamol tezligi oshishi bilan bog‘liq holatlarda favqulodda vaziyatlar xizmati ko‘rsatmalariga rioya qilish tavsiya etiladi.