Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pavlograd yaqinida dron hujumidan so‘ng 15 kishi halok bo‘ldi
Dnipropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Aleksandr Ganja Telegram’da bildirishicha, Rossiyaga tegishli uchuvchisiz apparat viloyatdagi korxonalardan birining xizmat avtobusi yaqiniga zarba bergan. Hokimiyatning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 12 kishi halok bo‘lgan, yana 7 kishi yaralangan.
Avtobus DTEK Pavlogradugol kompaniyasining shaxtyorlarini Ternovkaga olib ketayotgan bo‘lgan. Kompaniya esa hujum oqibatida 15 kishi halok bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Shu kuni avvalroq ham Rossiya hujumi oqibatida Dnipro shahrida bir ayol va bir erkak halok bo‘lgani haqida Aleksandr Ganja xabar bergan. Bir xususiy uy vayron bo‘lgan, yana ikkitasi shikastlangan. Shuningdek, Nikopil tumaniga artilleriya va dronlar bilan qilingan o‘q yog‘dirishlardan keyin bir nechta ko‘p qavatli va xususiy uylar, gaz quvuri hamda elektr uzatish liniyasi zararlangani ham qo‘shimcha qilingan. Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar haqidagi xabarlarga izoh bermagan.

Bir necha soat oldin Rossiya qo‘shinlari Zaporijjya shahrini dronlar bilan ommaviy ravishda hujumga tutgan. Shahardagi tug‘uruqxonaga qilingan zarba natijasida kamida 6 kishi jarohat olgan, jumladan zarba paytida ko‘rikda bo‘lgan ikki ayol ham, deb xabar qilgan Telegram’da Ivan Fedorov. Keyinroq u shaharga Rossiyaning ikkinchi hujumi to‘lqini haqida yozgan: “Yana bir Rossiya uchuvchisiz apparati shahar tumanlaridan birida portladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi jarohat olgan. Ular orasida yosh bola bor”, — deyiladi uning xabarida.
O‘z navbatida, Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari Kursk viloyati hududidan ballistik qurol qo‘llanishi xavfi, shuningdek Rossiya dronlarining Kiyev, Sumi, Jitomir va Vinnitsa viloyatlari yo‘nalishida harakatlanayotgani haqida ogohlantirgan. Material e’lon qilingan paytda qo‘shimcha tafsilotlar berilmagan.
Mavzuga oid
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
08:23 / 03.06.2026