2025 yil dekabridan beri Germaniyada migrantlarni yangi integratsiya kurslariga qabul qiliş amalda töxtatilgan. Bu kurslar doirasida, xususan, nemis tili öqitiladi. 4 fevral, çorşanba kuni Correctiv naşri xabar berişiça, Qoçqinlar va migratsiya işlari böyiça federal idora (BAMF) bunday kurslarda iştirok etiş uçun topşirilayotgan yangi arizalarni vaqtinça ma’qullamayapti.
Bu haqda idoraning 22 yanvar sanasida til kurslari taşkilotçilariga yöllangan oçiq xatida aytiladi, mazkur xat jurnalistlar qöliga tuşgan. Correctiv ma’lumotlariga köra, taşkilotçilar oldindan ogohlantirilmagan. Aksinça, ularga kutilmaganda, potensial iştirokçilarning arizalarini körib çiqiş “noma’lum muddatga” muzlatilgani aytilgan.
“90/Yaşillar ittifoqi” (Bündnis 90/Die Grünen) partiyasining deputatlik söroviga javobda Germaniya Federal içki işlar vazirligi integratsiya kurslariga qatnaşiş uçun arizalar “içki tekşiruvdan ötkazilayotgani”ni aniqlaştirgan. Şu bilan birga, hozirça “bu jarayon qança davom etişini va qatnaşişga ruxsat beriş böyiça yakuniy qaror qaçon qabul qilinişini aniq aytiş mumkin emas”, deyiladi javobda.
GFRda amaldagi qonunçilikka köra, ayrim toifadagi xorijliklar, jumladan qoçqinlar va mehnat migrantlari, Germaniyada uzoq muddat yaşagan taqdirda integratsiya kurslarini ötaş huquqiga ega.
Boşqa guruhlar — jumladan vaqtinçalik himoya maqomiga ega Ukraina fuqarolari, boşpana sörovlari hali körib çiqilmagan şaxslar, şuningdek mamlakatni tark etişi kerak bölgan, biroq vaqtinça qolişga ruxsat olganlar (nemisça: Duldung) — böş örinlar mavjud bölsa, kurslarga qabul qilinişi mumkin.
Germaniya xalq universitetlari birlaşmasi (DVV) BAMF qarori sabab yuzaga kelgan vaziyatni “dramatik” deb atadi. Taşkilot vakillariga köra, yangi kurslar qatnaşçilar soni juda çeklangan holda boşlanmoqda, köpçilik esa muddatlar böyiça heç qanday tuşunçaga ega bölmagan holda kutişga majbur.
“Biz köryapmizki, odamlarning tez integratsiyalaşuviga amalda tösiq qöyilyapti yoki sababsiz çözib yuborilyapti”, — dedi DVV vakili Saşa Reks.
Assotsiatsiya ma’lumotlariga köra, bu ayniqsa işni tezroq topiş va Germaniyadagi hayotga moslaşişni istagan yoş ukrainaliklar tomonidan qattiqroq his qilinmoqda.
















