Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Umra-2026” uchun viza va safarni va’da qilib pul olganlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bo‘limlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “Umra” ziyoratini tashkil etishni va’da qilib, fuqarolardan pul olgan shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.K. va boshqalar fuqaro V.X.ning ishonchiga kirib, 4 900 AQSh dollari evaziga “Umra-2026” tadbiri uchun Saudiya Arabistoniga borishga “viza” hujjatlarini tayyorlab berishini aytib, 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborishni va’da qilgan. Ular oldindan bo‘nak sifatida 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
G‘uzor tumanida esa Departament bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xususiy aviakassa chipta sotuvchisi U.Q. fuqaro L.Ch.ning ishonchiga kirib, uning qaynonasini 12,2 mln so‘m evaziga tanishlari yordamida “Umra” ziyoratiga yuborishini aytgan. U mazkur mablag‘dan 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
15:48 / 14.05.2026
O‘zbekistonliklar Yaponiyaga vizani qanday olishi mumkin?
10:43 / 14.05.2026