Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya tajribasi asosida baliqchilikda zamonaviy yechimlar joriy etilishi mumkin
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi hamda Norvegiyaning Sjømat Norge dengiz mahsulotlari federatsiyasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan onlayn uchrashuvda baliqchilik va akvakultura sohasida ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Foto: Kun.uz
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, muloqot davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida baliqchilik tarmog‘ida hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv usullarini tatbiq etish borasida fikr almashgan.
Norvegiyaning Sjømat Norge federatsiyasi dengiz mahsulotlari sohasidagi yirik sanoat uyushmalaridan biri bo‘lib, 800 dan ortiq kompaniyani birlashtiradi. Tashkilot barqaror baliqchilik, ekologik toza ishlab chiqarish, innovatsiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi standartlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.
Uchrashuvda Norvegiya tajribasi asosida baliqlar uchun ozuqa samaradorligini oshirish, genetika va seleksiya ishlarini takomillashtirish, veterinariya nazoratini kuchaytirish, bioxavfsizlik standartlarini joriy etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Norvegiya tomoniga O‘zbekistonda baliqchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari va xususiy sektor uchun yaratilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot taqdim etildi.
Mavzuga oid
10:58 / 06.02.2026
Norvegiya politsiyasi sobiq bosh vazirning Epshteyn bilan aloqalarini tekshirmoqda
15:41 / 04.02.2026
Norvegiyada monarxiya inqirozi yuzaga keldi
15:09 / 13.01.2026
Norvegiya Ukrainaga 340 mln yevro yordam ajratmoqda
13:56 / 10.12.2025