Statistik ma’lumotlarga köra, ta’lim xizmatlari bozori hajmi sönggi yillarda barqaror ösiş dinamikasini namoyon etmoqda. 2025 yildagi 39,6 trln sömlik körsatkiç ta’limga bölgan talab ortib borayotganini körsatadi.

Hududlar kesimida eng katta uluş Toşkent şahri hissasiga töğri kelib, bu yerda ta’lim xizmatlari hajmi 18,8 trln sömni taşkil etgan. Keyingi örinlarda Samarqand viloyati — 3,1 trln söm, Namangan viloyati — 2,4 trln söm, Farğona viloyati — 2,4 trln söm va Toşkent viloyati — 2,2 trln söm qayd etilgan.

Qolgan hududlarda ham ta’lim xizmatlari bozori sezilarli hajmga ega. Jumladan, Andijon va Buxoro viloyatlarida 1,9 trln sömdan, Qaşqadaryo viloyatida 1,7 trln söm, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 1,3 trln sömdan ortiq körsatkiç qayd etilgan.

Mutaxassislar fikriça, ta’lim xizmatlari hajmining ösişi nodavlat ta’lim muassasalari sonining köpayişi, oliy va kasbiy ta’limga talabning oşişi hamda qöşimça ta’lim xizmatlariga qiziqişning ortişi bilan boğliq.