Prezidentning 2026 yil 6 fevraldagi farmoni bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda agentlikning boşqaruv kengaşi tuzilişi belgilandi.
Hujjatga köra, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlari agentlikka ötkaziladi.
Şuningdek, agentlik huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş davlat maqsadli jamğarmasi taşkil etiladi.
Farmonda belgilanişiça, 2026 yil 1 iyuldan boşlab jamğarma mablağlari hisobidan dasturlar doirasida tadbirkorlik sub’yektlari loyihalarini moliyalaştiriş uçun tijorat banklari orqali:
- xorijiy valutada yillik 6 foiz (bank marjasi — 2 foiz), milliy valutada yillik 12 foiz (bank marjasi — 2 foiz) stavkada 10 yilgaça, şu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan, bitta loyiha uçun 10 mln AQŞ dollarigaça kredit ajratilişi;
- xorijiy huquq egalaridan texnologiya transferi, brend va tovar belgilari (hamda xizmat körsatiş belgilari)dan foydalaniş huquqini oliş xarajatlarining 30 foizigaça, biroq 1 mln AQŞ dollaridan oşmagan miqdorda subsidiya berilişi;
- sanoat startaplariga yangi yuqori texnologik mahsulotlarni işlab çiqiş va amaliyotga joriy etiş xarajatlarining 50 foizigaça, biroq 10 mlrd sömdan oşmagan miqdorda — har yili eng yaxşi 10 tagaça loyihaga tanlov asosida subsidiya ajratilişi nazarda tutilgan.
Şu bilan birga, mazkur instrumentlarni moliyalaştiriş uçun jamğarmaga 2026 yilda Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan 50 mln AQŞ dollari ekvivalenti miqdorida mablağ yönaltirilişi körsatilgan.

















