Dunyoning eng maşhur futbolçilaridan biri Kriştianu Ronaldu atrofidagi mojaroga közingiz tuşgan bölsa kerak. Portugaliyalik yulduz Saudiyaga borganidan beri birorta sovrin yutgani yöq va bunda Saudiya hukumati qoşidagi fondni aybdor deb hisoblayotgan ekan. Uning fikriça, fond «Al Hilol»ga köproq e’tibor berayotgani oqibatida «An Nasr» sovrinsiz qolib ketyapti...
Futbol megaloyiha sifatida
Gapni sal oldinroqdan boşlasak. Demak ajoyib kunlarning birida dunyoga oçilişni istayotgan Saudiya Arabistoni kattalari futbol orqali butun dunyo e’tiborini öziga qaratiş haqida öylab qolişadi. Tabiiyki, 4-5 yil oldingi Saudiya çempionati öyinlarini arablar ham xuşlamay tomoşa qilar, çempionat saviyasi haminqadar edi. Şunda Saudiya kattalari çempionatni tomoşabop qiliş uçun pul soçişni boşlaşdi.
Megaloyiha markazidagi şaxs sifatida Kriştianu Ronalduni tanlaşadi. 2022 yil noyabrda «MYu»dan mojaroli tarzda ketgan Ronalduni Amerika klublari öziga jalb qilayotgandi, lekin arablar uni ilib ketdi. «Çöqintirgan ota» asari qahramonining ta’biri bilan aytganda, arablar Ronalduga şunçalik katta pul taklif qildiki, u rad eta olmadi.
«An Nasr» Ronaldu klub bilan şartnoma imzolaganining özi uçun 100 million yevro bonus tölaydi. Futbolçiga yillik 100 million yevro maoş, yana 100 million yevrolik reklama şartnomasi taklif qilinadi. Ötgan yili esa şartnomasini uzaytirgan futbolçining maoşi 200 million yevroga oşirildi.
Şu tariqa 2022 yil 30 dekabr kuni, Messi jahon kubogini yutganidan ikki hafta ötib Ronaldu «An Nasr» bilan şartnoma imzolaydi. Unga kelişilgan pul va bonuslarga qöşib öşa paytda klubning özbekistonlik legioneri Jaloliddin Maşaripovga tegişli bölgan 7-raqamni ham topşirişadi.
Ronalduning transferi dunyo futbolida yangi inqilobni boşlab beradi. Yevropa top klublarida öynayotgan yulduzlar Saudiya çempionatiga köçib ötişni boşlaydi. «Oltin töp» sohibi Benzema «Al Ittihod»ga, Neymar «Al Hilol»ga ötadi. Saudiya klublari yuzlab katta transferlarni amalga oşiradi. Yevropada öynayotgan futbolçilarga şunaqa katta pullar taklif qilişdiki, köhna qit’a klublari maoş borasida raqobat qilişi imkonsiz edi.
Arablar pulni oldi-orqasiga qaramay sovura boşlaydi. Masalan, «Al Hilol»dagi ikki yil davomida bittagina gol urgan Neymar 300 million, ba’zi naşrlarga köra 400 million yevro maoş olgan. Ikki yilni jarohat sabab lazaretda ötkazgan futbolçi «Hilol»ning har bir ğalabasidan 80 ming yevro, Instagramʼdagi har bir postidan 500 ming yevro bonus olgan. Yetmaganiga unga şaxsiy samolyot va danğillama uy berişadi. Hatto Saudiya qonunlariga zid bölsa ham, rasman xotini bölmagan ayol bilan birga yaşaşiga ham ruxsat berişadi.
















