Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foydalanilmayotgan o‘rmon yerlari ijaraga berilishi belgilandi
Yangi qonun bilan qator qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Yangi tartib o‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanishni ta’minlash, investitsiyalarni jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan. Yerlar ochiq va shaffof elektron savdolar orqali ajratilishi belgilangan.
Shuningdek, mazkur qonun bilan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari uchun litsenziya (ruxsatnoma)larning amal qilishini 10 kundan ortiq, biroq 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish mumkinligi nazarda tutildi. Ilgari litsenziyalarning amal qilishini 10 ish kunidan ko‘p muddatga to‘xtatish belgilangan edi.
Bundan tashqari, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ixtiyoriy tartibda BHMning kamida 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashi belgilandi. Ilgari ushbu miqdor BHMning 50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak edi.
Mavzuga oid
17:00 / 14.07.2026
Xorijlik investorlarning yer «sotib olishi»: xavotirlar va huquqiy kafolat haqida
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
10:45 / 10.06.2026