Fransiya va uning ittifoqçilari ORION 2026 harbiy maşğulotlarining faol bosqiçini boşladi, deb xabar berdi Parisien.

Naşr ma’lumotiga köra, maşğulotlarda 12 ming nafardan ortiq harbiylar qatnaşadi. Qayd etilişiça, ularning uçdan bir qismini Parijga ittifoqçi davlatlar harbiylari taşkil etadi.

Ular 8 fevraldan 30 aprelgaça bosqiçma-bosqiç Fransiya hududida joylaştiriladi.

Maşğulotlarga 140 ta samolyot va vertolyot, 1,2 mingdan ortiq dronlar, 2150ta harbiy texnika, jumladan, zirhli transportyorlar va tanklar hamda «Şarl de Goll» aviataşuvçisi jalb etiladi.