Turkiya OAV ma’lumotlariga köra, politsiya Durdona Hakimovaning öldirilişini tergov qiliş çoğida Umraniye tumanidagi xuddi şu uyda yana bir qurbon bölganini aniqladi - 32 yoşli Sayyora Ergaşaliyeva. Tergovçilarning fikriça, u avvalroq öldirilgan va bölaklangan.
Ma’lum qilinişiça, Sayyora Ergaşaliyeva 23 yanvardan beri bedarak yöqolgan deb röyxatga olingan.
Politsiya ayollar gumonlanuvçilar bilan birga yaşagan uy atrofidagi xavfsizlik kameralari yozuvlarini qayta körib çiqdi.
Kadrlarda turli kunlarda gumonlanuvçilar xonadondan qora qoplarni olib çiqib, köça böylab olib yurganini köriş mumkin. Şuningdek, ular oq jomadon bilan çiqib, uni Şişli hududidagi axlat qutisiga taşlab ketgan.
Tergov versiyasiga köra, bu jinoyatlarning xronologiyasi quyidagiça bölişi mumkin: Sayyora Ergaşaliyeva birinçi bölib, keyin Durdona Hakimova öldirilgan. Bu qotilliklar bir-biri bilan qançalik boğlanganligi hozir aniqlanmoqda.

Kamera yozuvlari bilan ötkazilgan tergov quyidagi voqealar ketma-ketligini körsatadi:
- 23 yanvar kuni Sayyora Ergaşaliyeva Umraniyadagi kvartiraga kiradi.
- Uning ortidan ikki gumonlanuvçi erkak ham kirgan.
- 24 yanvar kuni gumonlanuvçilar xonadondan bir neça bor qora qoplar bilan çiqib ketgan. Oqibatda ular oq jomadonni olib, taksiga ötirib, Şişli tumaniga boradi. U yerda jomadon çiqindi konteyneriga taşlanadi. Aynan şu jomadonda dastlabki ma’lumotlarga köra Durdona Hakimovaning tana bölaklari bölgan.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, uşbu topilmalardan söng, gumonlanuvçilar yana bir bor söroq qilindi va ular Sayyora Ergaşaliyevani xuddi şu usulda - piçoq bilan öldirganini, söngra uning jasadini bölaklarga bölib, qismlarini turli çiqindi qutilariga taşlaganini tan olgan.
Bu ma’lumotlar turk ommaviy axborot vositalarida tarqaldi va rasmiy sud qarorlari bilan tasdiqlanmagan tergov versiyasiga tegişli. Hozirça Turkiya politsiyasi yoki prokuraturasining ikkinçi qurbon haqidagi rasmiy xabarlari e’lon qilinmadi.













