Qirg‘iziston hukumatida kadrlar almashinuvi davom etmoqda. 16 fevral kuni uch nafar vazir lavozimidan ozod etildi.

Xususan, Absattar Sirg‘aboyev transport va kommunikatsiyalar vaziri lavozimidan ozod etilgan. Mahalliy manbalarga ko‘ra, u Qamchibek Tashiyevning shogirdlaridan bo‘lgan.

Endi uning o‘rniga Talantbek Soltoboyev vazirlik rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Boobek Ajikeyev favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimini tark etgan. U Tashiyevning do‘sti ekani aytilmoqda.

Uning o‘rniga Urmatbek Shamirkanov Qirg‘iziston FVV rahbarligiga tayinlangan.

Meder Mashiyev esa tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri lavozimidan ozod etilgan. U ham Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbarining odami bo‘lgan.

Uning o‘rnini Oqil Toktoboyev egalladi.

O‘zgarishlar Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tuzilmasida ham davom etmoqda. Jumladan, Eldar Jakipbekov 
qo‘mitaning Bishkek shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnida Ulan Biybosunov ish boshlagan.

Jakipbekov ayni vaqtda qo‘lga olingan va tergov izolyatoriga joylashtirilgan. 

Shuningdek, qo‘mitaning O‘sh shahri va O‘sh oblasti bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Salmoorbek Jumabekov ham ishdan ketgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Tashiyevning ukasi, Jogorku Kenesh deputati Shoirbek Tashiyev