Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va O‘zbekiston temiryo‘lda yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Qozog‘iston va O‘zbekiston temiryo‘l orqali yuk tashish hajmini yanada oshirish hamda transport infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishdi. Bu haqda “Dunyo” AA “Kazinform” xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Foto: Dunyo
Qayd etilishicha, ikki mamlakat transport vazirlarining uchrashuvi Qozog‘iston prezidenti tomonidan tranzit salohiyatini oshirish va tranzit tashuvlari hajmini 55 million tonnaga yetkazish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bo‘lib o‘tgan. Tomonlar O‘zbekiston–Qozog‘iston temiryo‘l aloqasining strategik ahamiyati hamda mintaqaviy transport integratsiyasidagi asosiy rolini alohida ta’kidlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi temiryo‘l tashuvlari hajmi 32,3 million tonnani tashkil etib, 2024 yilga nisbatan 16 foizga oshgan.
Barqaror o‘sishni ta’minlash maqsadida “Sariag‘ash”, “Oazis” va “Sirdaryo” tutash nuqtalarida infratuzilmani rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Rejaga muvofiq, “Oazis” orqali poyezdlar qatnovi sutkasiga 2 tadan 10 tagacha yetkaziladi. Shuningdek, “Darbaza – Maqtaaral” temiryo‘l uchastkasining qurilishi yakunlangach, “Sirdaryo” tutashuv punkti orqali ham sutkasiga 10 juft poyezd harakati ta’minlanishi belgilangan.
Muzokaralar davomida infratuzilmaviy va ta’mirlash ishlarini sinxronlashtirish, nazorat jarayonlarini takomillashtirish hamda texnologik hamkorlikni optimallashtirish masalalari ham muhokama qilingan. Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar Markaziy Osiyodagi yirik transport koridorlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:52
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
21:45 / 20.04.2026
Shavkat Mirziyoyev 21-22 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi
09:15 / 17.04.2026
Qozog‘iston endi qozoq tilini yaxshi bilmaydiganlarga doimiy yashash guvohnomasini bermaydi
22:31 / 13.04.2026