Toshkent mezbonlik qiladigan FIFA Series 2026 turniri taqvimi e’lon qilindi. O‘FA xabariga ko‘ra, kichik musobaqa 27-30 mart kunlari o‘tkaziladi.
27 mart
15:00 Venesuela – Trinidad va Tobago («Paxtakor» stadioni)
19:00 O‘zbekiston – Gabon («Bunyodkor» stadioni)
30 mart
15:00 Gabon – Trinidad va Tobago («Paxtakor» stadioni)
19:00 O‘zbekiston – Venesuela («Bunyodkor» stadioni)

FIFA Series 2026 turnirlari o‘rtoqlik o‘yinlari o‘rnini bosishi nazarda tutilgan va butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarga Avstraliya, Ozarboyjon, Indoneziya, Qozog‘iston, Yangi Zelandiya, Puerto-Riko, Ruanda va O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Ayollar o‘rtasidagi musobaqalar Braziliya, Kot-d'Ivuar va Tailandda bo‘lib o‘tadi.
Turnirda ishtirok etayotgan beshta erkaklar milliy jamoasi - Avstraliya, Kabo-Verde, Kyurasao, Yangi Zelandiya va O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchisi sanaladi.











