Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin allaqaçon Uçinçi jahon uruşini boşlagani haqida gapirdi.

«Men Putin allaqaçon uni boşlagan deb hisoblayman. Masala u bu hududlarni qay darajada egallay olişida. Va uni qanday töxtatişda», – degan Zelenskiy BBC jurnalisti Jyeremi Bouenga bergan intervyusida. U «Rossiya öz dunyosini olib kelişni va odamlarning özi yoqtirgan hayotini özgartirişni xohlaşi»ni qöşimça qilgan.

Zelenskiy Ukraina RF hukumati talab qilayotgan hududiy yon berişlarga rozi bölmasligini yana bir bor ta’kidlagan. Rossiya tomoni tinçlik muzokaralarida ukrain qöşinlari Donetsk oblastining qolgan qismidan (hududning 20 foiz qismi hamon Ukraina nazoratida qolmoqda) ham olib çiqilişini talab qilmoqda.

«Men bu masalaga şunçaki boşqaça yondaşaman. Men bunga şunçaki yerdek qaramayman. Men bunga şunday qarayman: çiqiş, ya’ni pozitsiyalarimizni zaiflaştiriş, u yerda qolayotgan yuz minglab odamlarimizni taşlab ketiş. Men bunga mana şunday qarayman. Bunday çiqiş jamiyatimizni ikkiga ajratadi», – deydi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy Putin talablari bajarilgan taqdirda ham töxtamasligini ta’kidlagan.

«Men şunday hisoblaymanki, bu pauza Putinga kerak. U nima demasin, haqiqat şu. Va u tiklanib olganida… Yevropadagi hamkorlarimiz bu uç-beş yillik muddat deb hisoblaydi. Mening fikrimça, u kuçlarini bir-ikki yilda tiklab oladi, undan köp emas. Şunda u qayerga boradi? Buni biz bilmaymiz. Ammo davom ettirişni xohlaşi – fakt», – degan u tinçlikka erişiş uçun hududiy yon berişlarga rozi böliş töğri bölişi mumkinligi haqidagi fikrga javoban.

Zelenskiy yana bir bor uning mamlakati yutqazmayotganini, çunki ukrainlar mustaqillik uçun kuraş olib borayotganini qayd etdi. 

Jurnalist undan Ukrainaning ğalabasi deganda nimani tuşuniş kerakligini ham söragan. Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina ğalabasi deganda – ukrainlarning normal hayotga qaytişi va odamlar öldirilişi töxtatilişini, kengroq ma’noda esa – Putindan bölayotgan global tahdidlar bartaraf etilişini nazarda tutgan.

U Ukraina özining barça hududlarini qaytarib olişi, bu vaqt masalasi ekanini qöşimça qilgan. «Biz buni uddalaymiz. Bu mutlaqo tuşunarli, vaqt masalasi. Ammo buni hozir qilmoqçi bölsak, bu köplab odamlar, millionlab kişilarni yöqotiş degani. Çunki ularning armiyasi kattaroq. Biz bunday qadamning tölovi katta bölişini tuşunamiz», – degan u.

Şuningdek, Zelenskiy yana bir bor Ukraina saylovlarni xavfsizlik kafolatlangan taqdirdagina ötkazişga tayyorligini, özi yana prezidentlikka nomzodini qöyiş-qöymasligini bilmasligi haqidagi gaplarni takrorlagan.