Ötgan hafta Vaşingtonda Tinçlik kengaşining birinçi yiğilişi ötkazilarkan, Kun.uz uşbu xalqaro tuzilmadan dunyo nima kutayotgani xususida biliş uçun siyosatşunoslarga quloq tutdi. Tahlilçi Aziz Karimov fikriça, a’zolik Özbekistonni global siyosatning old qatoriga olib çiqadi. Siyosatşunos Muxtor Nazirovning aytişiça esa, bu köproq klubga öxşaydi va Tramp prezidentlikdan ketgaç, uning tinçlik dasturi qança işlaşi noma’lum.

19 fevral kungi Tinçlik kengaşi yiğilişida 40 ga yaqin davlatlardan prezident, boş vazir hamda taşqi işlar vazirlari qatnaşgan. Markaziy Osiyoda Özbekiston va Qozoğiston kengaşning tölaqonli a’zolari hamda ikkala davlatdan ham prezidentlarning özi Vaşingtonga bordi. Ba’zi mamlakatlar taşqi işlar vazirlarini jönatiş bilan kifoyalandi. Kengaş birinçi yiğilişining asosiy xulosalaridan biri – 9 davlatning Ğazoga 7 mlrd dollar ajratiş va’dasi. Tramp öz çiqişida bu va’dalaşuvni e’lon qildi.  

Biroq xalqaro hamjamiyat, xususan, uşbu kengaşga a’zolikni rad etgan yetakçi Yevropa davlatlari va şu örinda AQŞning uzoq yillik geosiyosiy ittifoqçilari tuzilmaning BMTga muqobil bölişidan xavotirda. Masalan, Norvegiya taşqi işlar vaziri ayni sabab bilan davlati a’zolikka şoşilmaganini oçiqça aytdi. Bundan taşqari, Trampning Grenlandiyaga da’vosi va bojlar siyosati, bundan taşqari Yevropadagi söl kuçlar bilan ğoyaviy qarama-qarşiligi sabab ittifoqdagilar kengaşni e’tiborga olmayapti.  

Xöş, Özbekiston-çi? Uşbu kengaşga a’zolik AQŞning asosiy siyosiy ittifoqçilari röyxatida bölmagan Özbekiston uçun nimani anglatadi? Kun.uz bilan suhbatlaşgan Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimi, siyosatşunos Aziz Karimov fikriça, bu Özbekistonni global siyosatning old qatoriga olib çiqadi.  

“Falastinga tegişli bölgan Ğazoda, umuman Yaqin Şarqda tinçlik, barqarorlikning bölişi bevosita va bilvosita Özbekiston manfaatlariga mos keladi”, - deydi Aziz Karimov.  

Uning qöşimça qilişiça, uşbu kengaşda AQŞ yoki Isroil gegemonligi kuzatilmayapti, çunki aksariyat davlatlarning aholisi musulmon.  

Biroq siyosatşunos Muxtor Nazirov uşbu kengaş taqdim qilayotgan tinçlik dasturining umri uzoq bölmasligidan xavotirda. Çunki Donald Tramp 2028 yilda prezidentlikni tark etadi va şu yilning özidayoq kongressga saylovda uning partiyasi yutqazsa, jiddiy içki qarşilikka ham duç kelişi tayin.

“Ha, uşbu kengaşda Donald Trampning gapi gap ekan, lekin u 2028 yilda hokimiyatdan ketsa, u taklif qilayotgan tinçlikning umri qança böladi? Nizomda Trampdan keyin kim rais böladi? Bu savollarning hammasi oçiq qolmoqda”,