Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ko‘ngillilar koalitsiyasi” urushning 4 yilligida Ukrainani qo‘llab-quvvatladi
Rossiyaning Ukrainaga to‘laqonli bostirib kirganiga to‘rt yil to‘lgan kuni “ko‘ngillilar koalitsiyasi”ga kiruvchi 30 dan ortiq davlat yetakchilari Ukrainaga uning suvereniteti va hududiy yaxlitligi, shuningdek Yevropaning erkinligi uchun kurashida “to‘liq va o‘zgarmas” qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Uchrashuv qisman onlayn formatda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Fridrix Mers taklifi bilan seshanba kuni, 24 fevralda bo‘lib o‘tdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan yuzma-yuz uchrashish uchun Kiyevga Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen, Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta, shuningdek Shimoliy Yevropa, Boltiqbo‘yi davlatlari va Xorvatiya yetakchilari keldi. Buyuk Britaniya hukumati saytidagi ma’lumotga ko‘ra, uchrashuvda jami 30 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgan.
“Ko‘ngillilar koalitsiyasi” davlatlari vakillari Rossiyani tinchlik muzokaralarida “mazmunli ishtirok” etishga va Ukrainada “to‘liq hamda hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatish”ga rozi bo‘lishga chaqirdi. Kiyev ittifoqchilari Ukrainaga ko‘p bosqichli xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor ekanini tasdiqladi, bu kafolatlar orasida AQSh qo‘llab-quvvatlashi bilan Ukraina hududiga ko‘p millatli kuchlarni joylashtirish ham bor. Yevropa yetakchilari Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishga, xususan yangi sanksiyalar joriy etish va “soyadagi flot”ga qarshi kurashni faollashtirishga ham chaqirdi.
Bayonotda: “Yetakchilar Rossiyaning Ukraina shaharlari va fuqarolik infratuzilmasiga qilgan dahshatli hujumlarini, shuningdek qishning og‘ir oylarida yuzaga kelgan jiddiy humanitar oqibatlarni qoraladi. Ular Ukraina energetika infratuzilmasiga qo‘shimcha yordam berish majburiyatini oldi”, — deyiladi. Shuningdek, hamkorlar 2026 yil boshidan beri Ukraina energoinfratuzilmasi uchun muhim uskunalarni safarbar qilishga va Ukraina Energetikasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 500 mln yevroda ortiq xayriya mablag‘lari yig‘ilishiga erishgani qayd etilgan.
Bundan tashqari, xabarda uchrashuv qatnashchilari Rossiyaning “minimal yutuqlar” evaziga “dahshatli yo‘qotishlar”ga uchrayotganini ham ta’kidlagani aytilgan.
Mavzuga oid
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
16:47 / 10.06.2026