Eron rasmiylari AQŞ hujumiga bu safar avvalgidek ramziy harakatlar bilan çeklanib qolmasdan, töliq javob bermoqçi, deb yozdi Financial Times (FT) öz manbasiga tayanib.
«Tehrondagi rejimga aloqador bölgan xabardor şaxs Eron AQŞga nisbatan harbiy rejalarga özgartirişlar kiritganini, asosan ramziy javobdan mojarodan AQŞ kuçlari va aktivlariga sezilarli zarar yetkazişga qaratilgan strategiyaga ötganini aytdi», deyiladi xabarda.
Suhbatdoşning ta’kidlaşiça, bu safar 2020 va 2025 yillarda AQŞ bazalariga berilgan zarba kabi «harbiy öyinlar» bölmaydi, bu haqda tölaqonli mojaroning oldini oliş maqsadida oldindan xabar berilgan edi. Uning qayd etişiça, Eron öz qurollari yetib boradigan hududdagi barça narsaga, jumladan, AQŞ kemalari va Hormuz böğozidagi nişonlarga hujum qiladi.
Şu bilan birga, u Tehron qarama-qarşilikka intilmayotganini va 26 fevral kuni Jyenevada bölib ötişi rejalaştirilgan Eron-AQŞ muzokaralari Eron yadroviy dasturi böyiça kelişuvga yöl oçişiga umid qilişiga işontirdi. Manbaning qöşimça qilişiça, agar AQŞ «juda çeklangan zarba berişda» töxtasa, Eron eskalatsiyaga bormasligi mumkin.
Gazetaning eslatişiça, avvalroq Eron TIV vakili Ismoil Baqoiy Eron AQŞning har qanday hujumiga qat’iy javob berişini aytgan.
Eron va AQŞ vakillari 26 fevral kuni Jyenevada Eron atom muammosini hal qiliş variantlarini muhokama qiliş uçun muzokaralarning yangi raundini ötkazişi kutilmoqda.


















