Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanida BMW va Onix ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
2026 yil 25 fevral kuni soat 23:30 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Yahyo G‘ulom–Mahtumquli ko‘chasida BMW hamda Onix rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida Onix avtomashinasining haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisi turli darajada tan jarohati olgan. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilib, jabrlanganlarga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda hodisaning aniq sabablari, to‘qnashuvga olib kelgan holatlar, shuningdek, transport vositalarining texnik holati va harakat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv amalga oshirilmoqda.
Yo‘l harakati qatnashchilaridan tezlik me’yorlariga rioya qilish, masofani saqlash, tungi vaqtda ehtiyotkorlikni oshirish hamda harakat qoidalariga qat’iy amal qilish so‘raladi.
Mavzuga oid
11:05 / 17.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:18 / 13.03.2026
Temur Malik ko‘chasida harakat ikki yo‘nalishda qisman tiklandi
12:58 / 12.03.2026
Toshkentda yo‘l o‘tkazgich o‘pirilib tushdi
11:08 / 04.03.2026