I jtimoiy tarmoqlarda Samsung Galaxy S26 haqidagi yangiliklar tarqalayotgan bir paytda HONOR suhbatni o‘zgartirdi. Samsung Galaxy S26 rasmiy taqdimotidan so‘ng HONOR Uzbekistan o‘zining yangi avlod flagmani — kutilayotgan HONOR Magic 8 Pro kelishini ishora qiluvchi dadil va ishonchli ijtimoiy kampaniyani boshladi. Bugun brend o‘zining navbatdagi flagmanini ilk bor O‘zbekistonda — HONOR Magic 8 Pro’ni tizer ko‘rinishida namoyish etdi. Ushbu qurilma raqobatchilardan ikki eng talabchan yo‘nalishda ustun bo‘lish uchun yaratilgan: ekstremal past yorug‘likda fotografiya va proaktiv sun’iy intellekt.

Boshqalar bosqichma-bosqich yangilanishlarga e’tibor qaratayotgan bir vaqtda, HONOR “Tunning Qiroli” kamera tizimini taqdim etmoqda. 200MP Ultra Night Telephoto kamerasi bilan jihozlangan Magic 8 Pro deyarli to‘liq qorong‘ilikda ham — masalan, Toshkentdagi Islom sivilizatsiya markazi yoki eng qorong‘i kutubxonalarda — boshqa smartfon sensorlari faqat xira oladigan masofalardan ham aniq va tiniq suratlar olishga mo‘ljallangan.

Raqiblar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri taqqoslash o‘rniga HONOR Uzbekistan ijtimoiy tarmoqlar orqali kreativ yondashuvini qo‘llamoqda. Qiziqarli vizual materiallar, keskin xabarlar va tungi suratga olishga qaratilgan tizerlar orqali brend o‘zining “haqiqiy flagman evolyutsiyasi” deb atagan konsept atrofida qiziqish uyg‘otmoqda.

Strategik ijtimoiy media harakati

Samsung’ning yangi S26 taqdimoti davrida HONOR ijtimoiy sahifalarida (Instagram va Telegram) sirli, ammo kuchli xabarlar bilan chiqishni boshladi va “Qadrli Sam” (Samsung)ga qaratilgan ijodiy ishoralar berdi, jumladan:

• “HONOR Magic 8 Pro kamerasi bilan Galaxy ham yorqinroq porlaydi”

• “Haqiqiy flagman o‘z mo‘jizasini topadi”

• Samsung kampaniyasidagi “Sening smartfoning bunga qodirmi?” savoliga javoban — kechgi ultra-telefoto surat namunasini ko‘rsatib, “Albatta va bundan ham yorqinroq. Yorug‘lik bizning qo‘limizda”, degan mazmunda javob berishdi.