Surxondaryoda içimlik suv ta’minotini yaxşilaşga qaratilgan va qiymati 287 million dollar bölgan megaloyiha amalga oşirildi. Kun.uz tanqididan söng: maşinada uç odamni urib yuborgan farğonalik ayolga nisbatan sud hukmi özgartirildi. Xalqaro fan olimpiadalarida oltin medal olgan yoşlarga 1 mlrd sömdan ortiq mukofot tölanadi, ularni tayyorlagan ustozlar ham taqdirlanadi. Kunning şu va boşqa muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
Prezident Surxondaryodagi yirik suv infratuzilmasi loyihasini közdan keçirdi
Şavkat Mirziyoyev Termiz şahrida “Töpalang” suv ombori suvidan foydalaniş asosida Surxondaryo viloyatida içimlik suvi ta’minotini yaxşilaşga qaratilgan yirik infratuzilma loyihasi natijalari bilan tanişdi.
Qiymati 287 million dollar bölgan mazkur megaloyiha doirasida keng kölamli quriliş va montaj işlari amalga oşirildi. Içimlik suv viloyatning önta tumani va Termiz şahriga uzluksiz yetkazib berilmoqda. Loyiha doirasida 246 km magistral va içki tarmoqlar barpo etilgan. Gidravlik hisob-kitoblar asosida suvni nasossiz uzatiş imkoniyati yaratilgan. Termiz şahri, Angor, Bandixon, Qiziriq, Şerobod va Muzrabot tuman markazlariga suv elektr energiyasi sarfisiz yetkazib berilmoqda.
Kun.uz tanqididan söng: maşinada uç odamni urib yuborgan farğonalik ayolga nisbatan sud hukmi özgartirildi
Haydovçilik guvohnomasi bölmagan holda tanişining Onix maşinasini boşqargan Xadiçabonu Habibullayeva piyodalar yölagidan ötayotgan 31 yoşli ayol va uning yonidagi ikki yoş bolani urib yuborgan edi. Birinçi instansiya sudi hukmida sudlanuvçidan voyaga yetmagan jabrlanuvçilarning qonuniy vakiliga 280 ming söm moddiy zarar undiriş belgilanib, iş böyiça boşqa yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undiriş yuzasidan fuqarolik sudiga murojaat qiliş huquqi tuşuntirilgandi.
Apellyatsiya sudining yangi ajrimi bilan hukmning fuqaroviy da’voga oid qismi özgartirildi. Ya’ni Xadiçabonu Habibullayevadan jabrlanuvçi Dilafröz Sayfullayevaga 100 mln söm ma’naviy hamda voyaga yetmagan jabrlanuvçilarning qonuniy vakiliga 3 mln 351 ming söm moddiy zarar undiriş belgilandi.











