Astronavtlarning Oyga qönişi 2028 yilning boşi yoki oxirida amalga oşirilişi mumkin. Bu haqda NASA rahbari Jared Ayzekman ma’lum qildi. Parvozni Artemis III missiyasi davomida taşkil etiş rejalaştirilgan edi - bu Amerikaning Artemis Oy dasturining sönggi bosqiçidir.
Artemis dasturining asosiy maqsadi 1972 yilda «Apollon-17» muvaffaqiyatini takrorlaş va insonning Oyda bölişini tiklaşdir. Hammasi bölib uçta parvozni taşkil etiş rejalaştirilgan: Oy atrofida uçuvçisiz (Artemis I), Oy atrofida boşqariladigan (Artemis II) va astronavtlar ekipajini Yer tabiiy yöldoşining janubiy qutbiga qöndiriş (Artemis III). Missiyaning sönggi bosqiçi 2027 yil örtalariga rejalaştirilgan edi.
Ayzekmanning ta’kidlaşiça, NASA Artemis II missiyasining keçikişi va qiyinçiliklari tufayli Artemis Oy dasturini qayta körib çiqqan. Endi 2027 yilga möljallangan Artemis III parvozi Oyga qönişni nazarda tutmaydi.
«Buning örniga missiya Orion kemasini Yer atrofidagi past orbitada namoyiş etib, Oyga qöniş modullarining bir yoki ikkala yetkazib beruvçisi bilan ulanişni maşq qiladi», dedi Ayzekman.
Artemis II missiyasining aprel oyidagi ehtimoliy parvozi va Oyga qöniş jarayoni örtasiga kompaniya yana bir neçta oraliq missiyalarni qöşadi. NASA rahbarining sözlariga köra, bunday strategiya parvozning «muşak xotirasini» yaxşilaşga yordam beradi. Agar hammasi muvaffaqiyatli ötsa, astronavtlar 2028 yil boşida Artemis IV missiyasi va 2028 yil oxirida Artemis V missiyasi paytida Oyga qönadi.
Artemis I missiyasining uçirilişi 2022 yil avgust oyida bölib ötdi. Şunda Orion kosmik kemasi Oyga muvaffaqiyatli uçirildi, uni aylanib ötib, noyabr oyida Tinç okeaniga qöndi. Artemis II va Artemis III parvozlari oldingi parvozlar paytida Orion kosmik kemasining hayotiy ta’minot tizimlari va issiqlik ekranida aniqlangan kamçiliklar tufayli köçirildi.

















