O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi raisining bugun, 28 fevral kuni imzolagan buyruq bilan, “Bojxona-servis” davlat muassasasi direktori Saidov Tolibjon Bahodirovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Bu buyruqning qabul qilinishi – Kun.uz Saidovning tayinlovi haqida xabar berishidan bir necha soat o‘tib ro‘y bermoqda.
Avvalgi xabarda qayd etilganidek, Tolibjon Saidov – davlat rahbarining yosh kadrlar korpusini shakllantirish haqidagi topshirig‘idan keyin pensiyaga kuzatilgan bojxonachilardan biri.
U 5 yildan ko‘proq vaqt davomida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab, joriy yil 14 fevral kuni bojxona sohasida uzoq yil ishlagan bir guruh mansabdorlar qatorida tantanali tarzda pensiyaga kuzatib qo‘yilgan edi. Lekin oradan 4 kun o‘tib, 18 fevral kuni “Bojxona-servis” DM direktori etib tayinlangan.
Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati











