Özbekiston prezidenti farmoni ijrosini ta’minlaş maqsadida işlab çiqilgan qaror loyihasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş tizimini raqamli texnologiyalar asosida takomillaştiriş çoralari nazarda tutilgan.
Loyihaga köra, 2028 yil 1 yanvardan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan har bir mahallada xavf indikatorlarini avtomatik ravişda tahlil qiliş tizimi joriy etiladi. Natijalarga köra mahallalar uç darajaga ajratiladi:
- yaşil — xavfsiz, rejali nazorat yetarli;
- sariq — ehtiyot çoralari talab etiladi;
- qizil — xavf yuqori, texnik-profilaktika köriklari va kuçaytirilgan nazorat zarur.
Şuningdek, mahallalarda favqulodda vaziyatlarni barvaqt oldini oliş maqsadida aholi xonadonlarida texnik-profilaktika köriklarini taşkil etiş, gaz va elektr jihozlarining texnik reglamentlarga muvofiqligini monitoring qiliş hamda aniqlangan kamçiliklar böyiça tegişli idoralarga elektron ma’lumot yuboriş mexanizmi yölga qöyiladi.
Har bir mahalla böyiça xavfsizlik pasporti şakllantirilib, xavf darajalari muntazam qayta baholab boriladi. Favqulodda vaziyatlar va yonğinlar sonining kamayişi, aholining tayyorgarlik darajasi hamda tezkorlik indeksi kabi samaradorlik körsatkiçlari asosida tahlil amalga oşiriladi.
Qaror loyihasi, şuningdek, sohani 2028–2030 yillarda sun’iy intellekt va geoaxborot tizimlari asosida raqamli transformatsiya qilişni ham nazarda tutadi.

















