28 fevral kuni Donald Tramp amerikaliklarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlamaydigan navbatdagi urushni boshladi. Ushbu urushni oqlashda Oq uy AQSh prezidentlari uchun noodatiy, ammo Rossiya propagandasiga xos taktikani tanladi: Tramp va uning jamoasi a’zolari AQShga bu urush nima uchun kerakligi va uning ijobiy yakuni qanday bo‘lishi haqida keng ko‘lamli va bir-biriga zid fikrlar bildirmoqda.

Ekspert fikricha, bu orqali Tramp g‘alaba haqidagi moslashuvchan ta’rifni saqlab qolmoqchi va ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik uchun javobgarlikni o‘zidan soqit qilmoqchi. Ammo tanqidchilar va hatto AQSh prezidentining ayrim tarafdorlari ham Oq uyning mujmal javoblaridan g‘azablanishmoqda, chunki bu javoblar Amerikada Yaqin Sharqdagi yangi urush bo‘yicha aniq strategiya yo‘qligi va urush cho‘zilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. «Meduza» Tramp va uning ma’muriyati a’zolari Eron bilan urush sabablari, maqsadlari va tabiatini qanday izohlaganini ko‘rib chiqdi.

Eron yadroviy dasturi haqida

Mudofaa vaziri Pit Hegset, 2025 yil 22 iyun

«[12 kunlik urush davomida] biz Eron yadroviy dasturini yo‘q qildik. Prezident Trampning dadil va uzoqni ko‘ra biladigan rahbarligi tufayli Eronning yadroviy ambitsiyalari butunlay yo‘q qilindi».

AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff, 2026 yil 22 fevral

«Eronda uranni boyitish darajasi 60 foizga yetgan. Katta ehtimol bilan, bir haftadan keyin ularda bomba tayyorlash uchun yetarli materiallar paydo bo‘ladi».

Davlat kotibi Marko Rubio, 2026 yil 25 fevral