O‘zbekiston | 11:42
576
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston geologik xizmatlari Misrga eksport qilinishi mumkin

O‘zbekiston elchixonasida Misrning Seagull Petroleum and Mining kompaniyasi bosh direktori Hishom al-Malikiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Misr o‘rtasida geologiya, neft-gaz va tog‘-kon sanoati sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, geologik tadqiqotlar va foydali qazilmalarni qidirish borasidagi ilmiy-amaliy tajriba hamda Misr hududida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar O‘zbekistonning ilg‘or geologik xizmatlarini Misrga eksport qilish istiqbollarini ko‘rib chiqdi va ushbu sohadagi o‘zaro manfaatli aniq loyihalarni muhokama qildi.

Shuningdek, kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot hamkorligini kengaytirish maqsadida Toshkentda Geologiya fanlari universiteti filialini tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Qayd etilishicha, mazkur tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.

Muzokaralar yakunida Misr delegatsiyasining aprel oyida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Tashrif doirasida geologiya va tog‘-kon sanoati sohasidagi hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini belgilash hamda qator qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid