Jahon | 18:11
2308
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Green Card bo‘yicha yangi shartlarni e’lon qildi

Asosiy yangi talablar: amaldagi xorijga chiqish pasportining mavjudligi va pasport skanini yuklash. Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish uchun 1$ to‘lov. Qoidalar 2026 yil 11 apreldan kuchga kiradi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonining boshlanish sanasi hali e’lon qilinmadi.

Foto: Getty images

AQSh Davlat departamenti Green Card 2027 lotereyasi sifatida tanilgan Diversity Visa (DV-2027) dasturi doirasida muhim yangi shartlar va o‘zgarishlarni e’lon qildi. Qoidalar 2026 yil 11 apreldan kuchga kiradi. O‘zgarishlar ehtimoliy firibgarlikka qarshi kurashishga va shaxsni dastlabki bosqichda obdon tekshirishga qaratilgani ta’kidlangan.

DV-2027 da ishtirok etish uchun asosiy yangi talablar:

Amaldagi xorijga chiqish pasportining majburiy mavjudligi - endi ariza berishda unexpired passport (amaldagi, muddati o‘tmagan xorijga chiqish pasporti) ma’lumotlarini ko‘rsatish kerak.

Pasport skanini yuklash - biografik sahifa (surat bilan) va imzoli sahifa skanerini yuklash talab etiladi, aks holda ariza qabul qilinmaydi. Bu oldingi yillarga qaraganda sezilarli o‘zgarish, chunki pasport faqat keyinroq, arizachi yutgan taqdirda talab qilinardi.

Boshqa o‘zgarishlar

- Ro‘yxatdan o‘tish uchun 1$ to‘lov – ishtirok etish pulli bo‘ldi;

- Ta’rifning o‘zgarishi - «gender» o‘rniga endi so‘rovnomada «jins» ishlatiladi;

- Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishining kechikishi - DV-2027 uchun ariza topshirish davri bir necha bor kechiktirildi, ammo dastur bekor qilinmadi. Yangi sana tez orada travel.state.gov saytida e’lon qilinadi (katta ehtimol bilan 2026 yil apreldan keyin).

Dastur hali ham AQShga immigratsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlar fuqarolari uchun yiliga jami 55 mingtagacha vizani taqdim etadi (O‘zbekiston ham odatda bunday mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan).

Asosiy talablar o‘zgarishsiz qoldi: o‘rta ma’lumot (yoki 2 yillik ish tajribasi), tug‘ilgan mamlakatning ro‘yxatda mavjudligi, bir kishiga bitta ariza va boshqalar.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid