Şu kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boşqaruvi raisi Asrorjon Asqarov nomidan tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga maxfiy topşiriq bora boşladi. Unda “yaqin vaqt içida DXX xodimi Belbekov Jandos boğlanib, bir qator savollar berişi va muammo mohiyatini tuşuntirişi” aytilgan. Uşbu ma’lumot qat’iy maxfiy hisoblanişi ma’lum qilingan. Jandos Belbekov kim va u qönğiroq qilganida qanday savollar beradi?
Sönggi vaqtlarda kiberjinoyat olamida Jandos Belbekov ismi bot-bot takrorlana boşladi. Bu ismga aldanib, boridan ayrilganlar ham talaygina. Xöş, Jandos Belbekov kim va bu ismdan firibgarlar tomonidan qanday qurol sifatida foydalanilmoqda?
Jinoiy sxema
Telegram yoki telefon orqali noma’lum şaxs aloqaga çiqadi. U özini Davlat xavfsizlik xizmati tergovçisi mayor Jandos Belbekov deb taniştiradi. Jiddiy ohangdagi bu taniştiruv har qanday kişini bir lahzada öylantirib qöyadi. Uşbu psixologik hujumdan söng u maqsadga ötadi.
“Jandos Belbekov” bank hisobraqamiga kiberhujum bölayotganini ma’lum qiladi. Tez orada Markaziy bank xodimi boğlanib, hisobraqamlarni bloklab berişini bildiradi. Şu bilan aloqa tugaydi.
Köp ötmay özini Markaziy bank xodimi deb taniştiradigan erkak aloqaga çiqadi. Köp hollarda uning ismi “Dmitriy” böladi. U “noma’lum şaxs tomonidan sizning nomingizga turli banklardan kredit rasmiylaştirilmoqda. Pul ötkazmalari şubhali bölyapti”, deydi.
Şundan söng “Dmitriy” aloqaga çiqqan odamidan ayni vaqtda qayerda ekanini söraydi. Javobdan söng eng yaqin bankka borib, öz nomiga kattaroq summada kredit rasmiylaştirişni aytadi. “Bu orqali nomingizga boşqa banklardan rasmiylaştirilayotgan kreditlarni töxtatiş mumkin”, deya ma’lum qiladi u.
Şu tariqa, “Dmitriy” nişonga olingan şaxsni boşqara boşlaydi. Unga kredit oldirtirib, göyoki summani söndirişini, bu “noma’lum şaxslar kredit rasmiylaştirib olişini töxtatiş uçun moliyaviy aylanma” ekanini aytgan holda özi tomonidan taqdim qilingan bank kartasiga ötkazdirib oladi.
“Pogoni”da xatolik bor edi”
Özbekistonda uşbu jinoiy sxemaga aldanganlar talaygina. Masalan, Qarşi şahrida yaşovçi erkak “Jandos Belbekov”ga çuv tuşganlardan biri.
U özini Markaziy bank xodimi deb taniştirgan “Dmitriy”ning körsatmasi bilan bitta bankdan 100 mln söm kredit olib, şuning 92 mln sömini Ayat Allamuratov nomiga rasmiylaştirilgan bank kartasiga ötkazib bergan. Ikkinçi bankdan esa 18 mln söm kredit rasmiylaştirgan va uning ustiga özidan qöşgan holda 25 mln söm qilib, “Dmitriy” taqdim qilgan bank kartasiga PTP körinişida ötkazib bergan.



















