Toshkent shahrida Lacetti va Matiz avtomobillari to‘qnashuvi natijasida bir kishi vafot etdi.
Yo‘l harakat xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, voqea 15 mart kuni soat 5larda Olmazor tumani Sebzor-Nurafshon ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Matiz haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






