Joriy yilda Qamçiq dovoni orqali ötuvçi Toşkent-Andijon pulli yölini quriş böyiça amaliy işlar boşlanadi. Bu haqda «Avtoyölinvest» agentligi direktori örinbosari Asliddin Isayev Özbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, vodiy viloyatlarini poytaxt bilan boğlovçi pulli yölning umumiy uzunligi 314 km böladi. Dastlabki bosqiçda qiymati 3,66 mlrd dollar bölgan 171 km uzunlikdagi Toşkent-Angren-Qamçiq dovoni muqobil yölini quriş rejalaştirilyapti. Bunda 33 km uzunlikdagi 4 qatorli yangi tunnel ham foydalanişga topşiriladi. Yölning yillik tölov miqdori 465 mln dollarga baholanyapti.
«Loyiha Jahon banki kömagida amalga oşiriladi. Tender jarayonlarini töliq loyihalaştiriş va ötkaziş uçun Arup xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilindi. Joriy yilda amaliy işlar boşlanişi rejalaştirilgan. Loyihaga Fransiya, Turkiya va Xitoyning yirik kompaniyalari qiziqiş bildiryapti. Eng asosiy maqsadimizdan biri, harakat xavfsizligini yaxşilaşga qaratilgan. Noqulay ob-havo şaroitlarida, yomğir va qor şaroitlarida ham avtomobil yöli töliq foydalanişga tayyor holatda böladi», - deydi Asliddin Isayev.
Pulli yöl qurilişi natijasida Toşkentdan Andijonga boriş vaqti hozirgi 5−5,5 soatdan 2−2,5 soatgaça qisqarişi kutilyapti. Uşbu yönalişda 1 kunda örtaça qatnov 40 mingtani taşkil etadi.

















