Jahon | 14:29
481
1 daqiqa o‘qiladi

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinda

2026 yil 1 mart holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida 18 770 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ular orasida eng katta ulush Xitoyga to‘g‘ri keladi.

Foto: scmp.com

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatda chet el kapitali ishtirokida jami 18 770 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 4 365 tasi qo‘shma korxonalar, 14 405 tasi esa to‘liq xorijiy korxonalar hisoblanadi.

So‘nggi 5 yilda bunday korxonalar soni 1,4 barobarga oshgan. Shu bilan birga, xorijiy korxonalar ulushi 55,2 foizdan 76,7 foizgacha ko‘tarilgani qayd etilgan.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha davlatlar kesimida Xitoy birinchi o‘rinni egallagan — 5 257 ta korxona. Undan keyin Rossiya (3 214 ta), Turkiya (2 173 ta), Qozog‘iston (1 232 ta) va Janubiy Koreya (709 ta) keladi.

Shuningdek, Afg‘oniston (653 ta), Ozarbayjon (430 ta), Birlashgan Arab Amirliklari (421 ta), Tojikiston (420 ta) va Hindiston (397 ta) ham top-10 davlatlar qatoriga kirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid