Ğazolik jurnalist Motaz Tabasi Kun.uz uçun tayyorlagan reportajida vayronaga aylantirilgan Xon Yunusda faollar tomonidan taşkil qilingan harakat – ikki yil davomida ta’limdan mosuvo bölgan bolalarga asosiy fanlardan ta’lim beriş uçun palatkalarda taşkil qilingan ta’lim jarayoni haqida söz yuritadi.
Xon Yunus şahrida endi ta’lim maktab binolari yoki sinfxonalarda ötilmaydi – qoçqinlarning çodirlari vaqtinçalik sinfxonalarga aylangan. Şu şaroitda öqituvçilar bolalarning ta’lim oliş huquqini saqlab qolişga urinmoqda. Xalqaro huquq ta’limni har bir inson uçun kafolatlangan huquq deb belgilagan bölsa-da, bugun Ğazodagi köplab bolalar uçun u vayronagarçilik orasida quvilayotgan orzuga aylangan.
Şifa Omar, öqituvçi: Maktabda partalar yöq, qalam va daftar kabi öquv anjomlari ham yetişmaydi. Hatto hayot uçun eng zarur şaroitlarning özi ham yöq. Men ham köçkinman, dars beradigan joyim yaqinida yaşayman, öquvçilar ham köçirilgan. Biz ularga asosiy könikmalarni örgatyapmiz. Psixologik jihatlarga hamda ijtimoiy ta’limga katta e’tibor qaratamiz. Bu yerda har kimning öziga xos kuraş va matonat hikoyasi bor, öquvçilarning muntazam bu yerga qatnaşi esa ota-onalar farzandlari ta’limiga naqadar befarq emasligini körsatadi.
Ğazodagi ikki yil ketma-ket maktabdan uzilib qolgan öquvçilarga heç bölmaganda eng zarur ta’limni beriş uçun ta’lim taşabbuslari faoliyat yuritmoqda. Azob-uqubatlar, raketa hujumlari va öqlar ostida biz öquvçilarimiz uçun ta’lim taşabbusini yölga qöydik. Biz titilib ketgan matolardan tikilgan bitta abgor çodirdan boşlagan edik. Söng bu maktab — bilim va ma’rifat çodiri — avval uçta, keyin törtta çodirga kengaydi, bugunga kelib oltita çodirga yetdi va 2400 dan ortiq öquvçini qamrab oldi.
Moayyen Al-Eyd, öqituvçi, ta’lim harakati asosçisi: Bir paytlar Ğazoning ta’lim ramzi bölgan maktablar bugun vayronalarga aylangan. Ta’lim jarayonini tiklaş vaqt va uzluksiz moliyalaştirişni talab qiladigan ulkan muammo. Genotsid tusini olgan uruş boşlanganiga ikki yildan oşdi, bu orada biz boşlanğiç va örta maktab öquvçilarining 16 mingdan ortiğidan ayrildik. Şuningdek, mingdan ortiq öqituvçini ham yöqotdik. Maktablarning 85 foizidan ortiği vayron qilingan — aksari butunlay, ayrimlari oğir darajada şikastlangan. Bugun Xudoga şukur, biz dastlabki tiklaniş jarayonida 700 dan ortiq ta’lim maskanini taşkil etdik.
Moddiy vayronagarçilik bilan bir qatorda, bu vaziyat öquvçilar va öqituvçilarning ruhiyatiga ham çuqur ta’sir körsatmoqda. Öz maktablari Isroil hujumlari oqibatida vayron qilingaç, bu bolalar endi Ğazo sektorining janubidagi ta’lim çodirida yerda ötirib tahsil olmoqda. Şunga qaramay, ular ilm olişni mahkam tutgan — bu falastinliklarning tafakkuri sinmasligini körsatadi. Bu yerda öqiş va yoziş nafaqat ta’lim, balki matonat va bardoşlilikning ham bir körinişidir.
















