O‘zbekiston | 18:14 / 24.03.2026
1281
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston bilan chegaradagi «Sirdaryo» bojxona posti ochildi

Bojxona posti 2023 yil fevralda yopilgan edi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Qozog‘iston bilan chegaradagi «Sirdaryo» chegara bojxona posti orqali yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati tiklandi. Bu haqda 23 mart kuni Bojxona qo‘mitasi xabar berdi. Post 2023 yil fevralda yopilgan edi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston–Qozog‘iston davlat chegarasida joylashgan Qozog‘istonning «Atameken» chegara bojxona postida qurilish ishlari yakunlangani munosabati bilan Sirdaryo viloyatining «Sirdaryo» chegara bojxona posti orqali yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati tiklangan.

2023 yil 15 fevraldan boshlab, Qozog‘istondagi «Atameken» va «Qazigurt» chegara punktlarida rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan piyodalar, avtobus, yengil va yuk ko‘tarish qobiliyati 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan edi. Bu davrda fuqarolarga muqobil sifatida «G‘ishtko‘prik», «Yallama», «Malik» va «Oq oltin» postlaridan foydalanish tavsiya qilindi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid