Turkiyada ikki nafar Özbekiston fuqarosi qölga olindi. Bu haqda Özbekistonning Turkiyadagi Boş konsulligi xabar qildi.

Xabarga köra, 40 yoşli T.R. va 38 yoşli F.A. Özbekistonda yirik miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etgani uçun xalqaro qidiruvda bölgan.

Ular Içki işlar vazirligi xodimlari tomonidan qabul qilinib, sud oldida javobgarlikka tortilişi uçun Özbekistonga qaytarilgan.

Ta’kidlanişiça, sönggi yillarda Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasidagi amaliy hamkorlik izçil rivojlanib bormoqda. Uşbu yönalişda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, xalqaro qidiruvda bölgan şaxslarni aniqlaş va ularni javobgarlikka tortiş borasida samarali natijalarga erişilmoqda.

“Hozirgi kunda ham mamlakatimiz hududida turli jinoyatlar sodir etib, Turkiya hududida yaşirinib yurgan boşqa şaxslarni aniqlaş va qölga oliş böyiça tegişli tezkor-qidiruv hamda huquqiy çoralar davom ettirilmoqda”, deyiladi konsullik xabarida.