Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 14 apreldan Toshkent - Tel Aviv yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, parvozlar haftaning dushanba, seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 3 maydan boshlab yakshanba kunlari Toshkent – Samarqand - Tel Aviv hamda Tel Aviv - Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mart oyi oxirida Tel Avivga reyslarni majburiy ravishda bekor qilgandi.