Özbekiston prezidenti, qurolli kuçlar oliy boş qömondoni Şavkat Mirziyoyevga harbiy xizmatçilarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, şuningdek, 9 may – Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş yuzasidan axborot berildi.
Joriy yilda bayram munosabati bilan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlarining har biriga 30 million söm miqdorida bir martalik pul mukofotini tölaş taklif qilindi.
Şuningdek, bu kunda uruş qatnaşçilari, front orti mehnat faxriylari, keksalar va ustozlarga hurmat-ehtirom körsatiş, yolğiz va kam ta’minlangan faxriylarning turar joylarini obodonlaştiriş, turli xotira va qadrlaş tadbirlarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan Vatan fidoyilarining xotirasi ham uluğlanadi. Ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam körsatiladi.
Mudofaa vazirligi ofitserlariga xizmat yillari uçun tölanadigan har oylik ustama miqdori ikki baravarga oşiriladi, kontrakt böyiça xizmat qilayotgan oddiy askar va serjantlarning oylik pul ta’minotini 10 foizga köpaytiriladi.

Hozirgi kunda 4 ta oliy ta’lim va 2 ta oliy harbiy ta’lim muassasasining harbiy tayyorgarlik öquv markazlari va fakultetlarida 42 ta mutaxassislik böyiça rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlanmoqda. Bunga qöşimça ravişda Urganç, Termiz, Andijon davlat universitetlari, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Andijon davlat tibbiyot institutida yana 5 ta harbiy tayyorgarlik öquv markazini taşkil etiladi.
Şuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalarida qöşimça ravişda «Çaqiriqqaça harbiy ta’lim» yönalişi böyiça 3 yillik bakalavriat ta’limi asosida rezerv va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaş tizimi yölga qöyiladi. Harbiy tibbiyot institutida esa ilk bor klinik ordinatura va magistraturaga qabul qilingan hamda harbiy tayyorgarlikdan ötiş istagini bildirgan talabalar tölov-kontrakt asosida öqitiladi. Bunday imkoniyat nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uçun ham yaratiladi.

















