Germaniya Ikkinçi jahon uruşidan keyin birinçi marta mudofaa strategiyasini qabul qildi, unda Rossiya Yevropadagi xavfsizlikka asosiy tahdid sifatida tavsiflanadi, deb xabar berdi Deutsche Welle.

«Rossiya qayta qurollaniş orqali NATO bilan harbiy qarama-qarşilikka tayyorlanmoqda va harbiy kuç işlatişni öz manfaatlarini ilgari surişning qonuniy vositasi deb biladi», dedi Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Berlinda mamlakat mudofaasining keng qamrovli konsepsiyasini taqdim etar ekan.

Uning sözlariga köra, Moskva Yevropa va AQŞ örtasidagi aloqani uziş orqali NATOni yöq qilişni maqsad qilgan va öz ta’sir doirasini kengaytirişga intilmoqda.

Mudofaa konsepsiyasi harbiy strategiya va Bundesverni (Germaniya qurolli kuçlari) rivojlantiriş rejasidan iborat bölib, uning tuzilişi va tarkibini tavsiflaydi. Strategik hujjatda aytilişiça, Rossiya «NATO mamlakatlariga harbiy hujum qiliş uçun şaroit yaratmoqda» va hozirdanoq alyans a’zolariga, jumladan, Germaniyaga qarşi gibrid operatsiyalarni amalga oşirmoqda.

«Qöporuvçilik, kiberhujumlar, dezinformatsiya kampaniyalari va josuslik doimiy tahdidga aylandi va ularga qarşi turiş harbiylarning doimiy vazifasidir», deb ta’kidladi Pistorius.

Konsepsiyaga köra, harbiylar soni kamida 460 ming kişiga yetişi kerak, bu esa ittifoqçilar bilan birgalikda Rossiyaning ehtimoliy tajovuziga qarşi turiş imkonini beradi (hozir Germaniya Qurolli Kuçlarida 184,3 ming jangçi bor).

Armiyani rivojlantirişning vazifalaridan biri, şuningdek, kosmos va kibermakonda harbiy salohiyatni oşiriş orqali duşman ustidan «axborot ustunligini» ta’minlaşdir.

Kelajakda Germaniya armiyasi uzoq masofadagi nişonlarni aniq yöq qiliş uçun köproq imkoniyatlarga ega bölişi kerak - mavjud «Taurus»lardan taşqari, yangi F-35 qiruvçi samolyoti uçun taxminan 1 ming km masofaga uçadigan JASSM-ER qanotli raketalarini sotib oliş rejalaştirilgan. Şuningdek, Berlin köp bosqiçli havo mudofaasini rivojlantiriş niyatida.