Özbekistonda 2026 yilning 1-çoragida 62 kişi mehnat faoliyati bilan boğliq baxtsiz hodisalar oqibatida halok bölgan. Bu haqda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, yanvar-mart oylarida respublikada mehnat faoliyati bilan boğliq 198 ta baxtsiz hodisa sodir bölgan. Ularning 9 tasi guruhiy, 139 tasi oğir oqibatli, 49 tasi esa ölim bilan yakunlangan.
Baxtsiz hodisalar oqibatida:
- 146 kişi oğir tan jarohati olgan;
- 15 kişi yengil jarohatlangan;
- 62 kişi vafot etgan.
Sohalar kesimida sodir bölgan baxtsiz hodisalar:
- sanoat – 71 ta;
- quriliş – 54 ta;
- qişloq va suv xöjaligi – 9 nafar;
- savdo va xizmat – 8 nafar;
- transport – 8 ta;
- ta’lim – 4 nafar;
- soğliqni saqlaş – 4 nafar.
Hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Toşkent şahrida kuzatilgan – 44 ta baxtsiz hodisa. Keyingi örinlarda Surxondaryo (36 ta), Toşkent (29 ta), Navoiy (18 ta), Buxoro (16 ta), Andijon (15 ta) viloyatlari qayd etilgan.
Özbekistonda 2025 yilda işdagi baxtsiz hodisalarda 248 ta ölim kuzatilgandi.















