Marğilonda «Burhoniddin Marğinoniy» ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi oçildi, tantanali marosimda prezident Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi. Özbekistonda örtaça iş haqi miqdori 7 million sömga yaqinlaşdi. Har ming oiladan 175 tasi ajraşayotgani ma’lum böldi. Uç oyda 62 kişi iş joyidagi baxtsiz hodisalarda halok böldi.

Marğilonda «Burhoniddin Marğinoniy» ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi oçildi

Tantanali marosimda prezident Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, nutq sözladi. Davlat rahbari Farğona ahlini uşbu tarixiy voqea bilan samimiy tabriklab, majmua nafaqat Marğilon, balki butun Farğona vodiysi ma’naviy hayotida muhim örin tutişini ta’kidladi.

Milliy me’morçilik an’analari asosida bunyod etilgan 35 gektarlik majmua Islom huquqşunosligi instituti, maqom teatri, oçiq amfiteatr, ölkaşunoslik muzeyi, adib va san’atkorlar xiyoboni, hunarmandlar markazi, mehmonxona va servis şoxobçalarini öz içiga oladi. Majmua Burhoniddin Marğinoniyning boy ilmiy merosini örganiş va tarğib qiliş, hududning qadimiy hunarmandçilik an’analarini asrab-avaylaş, ziyorat va madaniy turizmni rivojlantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Prezident bu muhtaşam obida Yangi Özbekiston möjizalari qatoridan munosib örin egallab, Farğona viloyatining taşrif qoğozlaridan biriga aylanişiga işonç bildirdi.

Örtaça iş haqi miqdori 7 million sömga yaqinlaşdi

2026 yilning birinçi çoragi yakunlari böyiça Özbekistonda örtaça oylik iş haqi 6 mln 825 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 foizga ösdi.

Hududlar kesimida örtaça oylik iş haqining eng yuqori miqdori Toşkent şahri (11 mln 684 ming), Navoiy (8 mln 453 ming) va Toşkent viloyatida (6 mln 169 ming), eng kam miqdori esa Qaşqadaryo (4 mln 665 ming), Surxondaryo (4 mln 724 ming) va Farğona (5 mln 19 ming) viloyatlarida qayd etilgan.

Hisobot davrida faqatgina ikkita ma’muriy hududda (Toşkent şahri va Navoiy viloyati) nominal iş haqi respublikadagi örtaça darajadan yuqori bölib, qolgan barça hududlarda bu körsatkiç respublika darajasidan turli miqdorda past şakllangan.

Har ming oiladan 175 tasi ajraşyapti – tadqiqot