Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
BAA OPECʼdan çiqişini ma’lum qildi
Birlaşgan Arab Amirliklari joriy yil 1 maydan Neft eksport qiluvçi davlatlar taşkiloti — OPEC hamda OPEC+ tarkibidan çiqişini ma’lum qildi.
BAA energetika vaziri Suhayl Muhammad al-Mazruiyga köra, bu siyosiy qaror bölib, mamlakatning energetika strategiyalari örganib çiqilgandan söng qabul qilingan. Uning sözlariga köra, BAA bu masalani boşqa biron bir davlat bilan muhokama qilmagan. Vazir, şuningdek, dunyo yanada köproq energiyaga ehtiyoj sezişini ta’kidlab, BAA uşbu ehtiyojni qondirişga tayyor bölişiga işora qildi.
Guruhning törtinçi yirik işlab çiqaruvçisi bölgan BAAning taşkilotni tark etişi – OPECʼning jahon neft ta’minoti ustidan nazoratini susaytiradi. Bundan taşqari, BAAning qöşnisi – OPECʼning amaldagi yetakçisi hisoblangan Saudiya Arabistoni bilan ziddiyatni yanada kuçaytiradi.
Ammo bu qadam körfaz orqali eksport qayta tiklangaç, BAAga işlab çiqariş hajmini oşiriş imkonini berişi mumkin. Çunki u endilikda OPEC kvotalari bilan çeklanib qolmaydi.
Reutersʼning yozişiça, bir paytlar yaqin ittifoqçi bölgan BAA va Saudiya örtasidagi raqobat kuçayib bormoqda. Ular neft siyosati va mintaqaviy geosiyosatdan tortib, xorijiy mutaxassislar va kapital uçun kuraşgaça bölgan masalalarda töqnaş kelmoqda.
Ayniqsa, Eron uruşi paytida hujumga uçraganidan söng, BAA AQŞ va Isroil bilan munosabatlarini mustahkamladi. U Isroil bilan aloqalarni mintaqaviy ta’sir vositasi va Vaşingtonga çiqişning öziga xos yöli deb biladi.
Rossiyaning neft eksport qiluvçi zavodida yonğin
Qora dengiz böyidagi Rossiyaning yirik neftni qayta işlaş zavodi — Tuapse yana Ukraina dronlari nişoniga aylandi. Hujum «kuçli yonğin»ni keltirib çiqargan va yaqin atrofda yaşovçi aholi evakuatsiya qilindi.
Oxirgi haftalarda Tuapse neftni qayta işlaş zavodiga berilgan zarbalar dengizda yirik neft tökilişiga sabab bölgan edi.
Munitsipal okrug rahbari Sergey Boyko yaqin köçalarda yaşovçi aholidan uylarini tark etişni söradi. Xabarlarga köra, mahalliy maktablardan birida vaqtinçalik evakuatsiya markazi taşkil etilgan. Mahalliy OAVlarga köra, «şahar ustini ulkan qora tutun qoplagan; hamma joydan kuyindi hidi kelmoqda».












