Nyu-Yorkning eng boy aholisi mer Zuhron Mamdaniga qarşi çiqdi, deb xabar berdi Bloomberg.

Aprel oyida Nyu-York ştati gubernatori Keti Xokul va Mamdani qiymati 5 million dollardan yuqori bölgan ikkinçi uy-joyga yangi soliq joriy etişni taklif qilgan edi. Taşabbus öta boy elita köçmas mulk egalariga qaratilgan. Çora-tadbirning maqsadi şahar budjetini töldiriş va tengsizlikka qarşi kuraşişdir. Bu ğoya ştatning eng boy odamlari va AQŞ prezidenti Donald Trampning tanqidiga uçradi. U taklif etilayotgan soliq çoralarini notöğri deb atadi.

Şahar meri Zuhron Mamdani Nyu-Yorkda uy-joy ijarasi uçun birinçi soliqni e’lon qilgan press-relizda Midtaundagi 238 million dollarlik pentxausni Citadel LLC asosçisi Ken Griffin sotib olgani aytiladi. Uşbu press-reliz Uoll-stritdagi kompaniyalar rahbarlari va şaharning eng boy aholisini unga qarşi birlaştirdi. Hatto demokratlarga xayrixoh milliarderlar ham uning siyosatiga şubha bilan qaramoqda. Tadbirkorlarning sözlariga köra, ularni soliqning özi emas, balki Mamdani tomonidan ulardan biriga şaxsan hujum ğazablantirgan.

Griffinning Citadel kompaniyasi, öz navbatida, Park-avenyudagi osmonöpar binoni rekonstruksiya qiliş böyiça keng kölamli loyihadan voz keçiş imkoniyati masalasini kötardi. Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan 62 qavatli bino Nyu-Yorkka 4,5 milliard dollar olib kelişi, quriliş sohasida 6200 ta iş örni va 15 mingdan ortiq doimiy iş örni yaratişi kutilmoqda.

Mayamida yaşovçi 57 yoşli Griffin Sloun-Kettering memorial saraton markazi va Amerika tabiiy tarix muzeyi kabi şaharning turli muassasalariga yuz millionlab dollar xayriya qilgan, deb yozdi Bloomberg.

Sörovlarga köra, Mamdani hali ham şahar aholisi orasida maşhur. Merlik faoliyatining dastlabki 100 kunida respondentlarning 48 foizi uning faoliyatini ma’qullagan bölsa, 30 foizi ma’qullamagan.

Bloomberg naşrining ta’kidlaşiça, hozirgaça muzokaralar olib borilayotgan yangi soliq milliard dollarlik taqçillikka duç kelayotgan şahar budjetini 500 million dollarga töldirişga qaratilgan. Mamdani, şuningdek, bepul avtobuslar va bolalarni maktabgaça ta’lim bilan ta’minlaş kabi ijtimoiy dasturlarni kengaytirişni moliyalaştiriş uçun eng boy odamlar va yirik korporatsiyalar uçun soliqlar joriy etiş tarafdori.

Mamdani ötgan yil noyabr oyida Nyu-York meri böldi. U bu lavozimdagi birinçi musulmon va kelib çiqişi janubiy osiyolik siyosatçi hisoblanadi. Siyosatçi özini demokratik sotsialist sifatida körsatadi.