Bu maskan uzoq yillardan beri özining musaffo havosi, baland toğlari va maşhur şarşarasi bilan sayyohlarni jalb qilib kelgan. Ammo bugungi Sangardak — bu şunçaki tabiiy gözallik emas, balki zamonaviy turizm infratuzilmasi bilan boyitilgan yangi maskandir.

Bu yerda Surxondaryo viloyati hokimligi hamda “Turonbank” ATB tomonidan keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, xalqaro standartlar asosida barpo etilgan zamonaviy dor yöli (kanat yöli) Sangardakning yangi ramziga aylanmoqda. Uşbu loyiha nafaqat sayyohlarga toğlar uzra parvoz qilgandek noyob hissiyot baxş etadi, balki hududning turizm salohiyatini keskin oşirişga xizmat qiladi. Çunki aynan şu dor yöli Sangardakning betakror şarşaralarini yaqindan körib, uning gözalligini his qiliş imkonini yaratmoqda.

Dor yöli orqali yuqoriga kötarilar ekansiz, quyida yoyilib yotgan yaşil vodiylar, şarşara tomon oqayotgan oqimlar va osmon bilan tutaşgandek tuyulgan toğlar manzarasi sizni butunlay boşqa olamga olib kiradi.

Sangardakning şarşarasi esa bu maskanning yuragidir. Uning şovullagan suvlari, atrofdagi qoyalar va yam-yaşil tabiat uyğunligi insonni içki sokinlikka çorlaydi. Bu yerga kelgan mehmonlar nafaqat dam oladi, balki ruhiy jihatdan yangilanadi. Hududdagi şarşaralar haqiqiy tabiat möjizasidir, mahalliy aholi sözlariga köra, bu yerda köplab şarşaralar asosan aprel oyida paydo böladi, eng qiziği ularning qaçon paydo bölib, qaçon töxtaşini heç kim bilmaydi.

Bugungi Sangardakda infratuzilma jadal rivojlanmoqda. Tekis yöllar, şinam dam oliş maskanlari, tamaddixonalarda taqdim etilayotgan tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taomlar — bularning barçasi sayyohlar uçun qulaylik yaratmoqda.

Hududda amalga oşirilayotgan quriliş va obodonlaştiriş işlari bosqiçma-bosqiç davom etmoqda. Yangi xizmatlar, dam oliş zonalari va turistik obektlar Sangardakni nafaqat içki, balki xalqaro turizm bozorida ham raqobatbardoş maskanga aylantirişni maqsad qilgan.
















