Ekopolitsiya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Zangiota tumanidagi Aççisoy kanalida baliqlar nobud bölayotgani aks etgan video böyiça örganiş olib bordi.
Qayd etilişiça, örganişlar davomida Zangiota tumani «Ittifoqçi» mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan “Damaçi baliq” MÇJga qaraşli baliqçilik kölida suv sathi pasaytirilgani sababli baliqlarda kislorod yetişmasligi yuzaga kelib, 200–300 grammli baliqlar nobud bölganligi aniqlandi.
Nobud bölgan baliqlar jamiyat işçisi tomonidan tozalanib, tuman hududidan oqib ötgan Aççisoy kanaliga oqizib yuborilgan.
Jamiyat faoliyati natijasida hosil bölayotgan oqova suvlardan namunalar olinib, atrof-muhitga ta’sirini aniqlaş maqsadida örganilganida, azot ammoniy miqdori belgilangan me’yordan 1,7 barobar, azot nitrit 1,95 barobar, quruq qoldiq 1,28 barobar hamda umumiy fosfor 1,8 barobar ortiq ekanligi aniqlandi.
Holat böyiça korxonaga 92 mln söm miqdorida kompensatsiya hisoblandi, mas’ullarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, holat qayta takrorlanmasligi böyiça majburiy körsatmalar berildi. Şuningdek, kanal nobud bölgan baliqlardan tozalandi.

















