O‘zbekistonda 2026 yilda 4,3 milliard kVt soat elektr energiyasi hamda 2,8 milliard metr kub tabiiy gazni tejash maqsad qilingan bo‘lib, jumladan, respublika hududlarida:
yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylar, ijtimoiy soha obektlarining energiya samaradorligini oshirish hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hisobidan 2,6 mlrd kVt soat elektr energiyasi va 934,4 mln metr kub gaz;
yirik quyosh va shamol elektr stansiyalarida qo‘shimcha 4,3 mlrd kVt soat yashil energiya ishlab chiqarish hisobidan 1,3 mlrd metr kub tabiiy gaz;
og‘ir toifadagi mahallalarda 270 MVt lik kichik quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish hisobidan 35 mln metr kub tabiiy gaz;
25 ta yirik tarmoq korxonalarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish hisobidan 1,6 mlrd kVt soat elektr energiyasi va 553 mln metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.











